“Ismim Sharif” — sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ijtimoiy-syurrealistik musiqiy klip. Bu — hammayo’q soxtalashtirilish mumkin bo‘lgan dunyoda chin bo‘lib qolish haqida vizual manifest.
Проблема
Zamonaviy dunyoda hamma narsa filtrlarga, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentga va ko‘zbo‘yamlama muvaffaqiyatga to‘lib-toshgan. Odamlar muvaffaqiyatga intilishda bir-biriga o‘xshab qolishyapti. Hammada bir xil orzu — qora Gentra, bir xil trendlar ortidan quvish. O‘zbekistonda yosh ijodkorlar uchun o‘ziga sodiq qolgan holda karyera qurish tobora qiyinlashmoqda. Musiqa industriyasi — ijtimoiy tarmoqlar kabi — bir xil qolipdagi ishlarga mukofot beradi: bir xil formulalar, tasvirlar va ideal obrazlar. Bu cheksiz poygada odamlar o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerakligini qanday eslatish mumkin?
Решение
Hamma narsani soxtalashtirish mumkin bo‘lgan dunyoda chinakam qolish — aynan shu g‘oya bilan biz O‘zbekistonning eng ko‘p tinglanadigan san’atkorlaridan biri Konsta bilan hamkorlik qildik. Biz sun’iylik davrida rostgo‘ylik manifestiga aylangan musiqiy klipni yaratdik. Ismim Sharif nomli yangi trekda Konsta brendlar, trendlar va soxta muvaffaqiyat bosimiga qarshi turish va o‘zligicha qolish haqida kuylaydi. Klipda tizim qahramonni sun’iy dunyoga tortib, uni raqamli qahramonga aylantiradi. U sun’iy intellekt yaratgan “super-muvaffaqiyatli” dunyo bo‘ylab absurd sayohatga chiqadi. Klip vizual jihatdan xalqaro va mahalliy pop-madaniyat referenslariga to‘la. Bu yerda “umumiy orzu” ramziga aylangan Gentra’ga kinoyali ishora, mashhur bo‘lib ketgan Mirshakar stand-up konserti — u yerda Gentra ekskavatorda maydalab tashlangan — va o‘zbek tok-shoulari, o‘yinlar, seriallar va kliplarga qiziqarli ishoralarni ko‘rish mumkin. Klip SAVR brendining “Savr oldingmi?” degan ibora bilan boshlangan kommunikatsiyasining davomi bo‘ldi — bu ibora tomoshabinga: “Sifatli kontent boshlanmoqda” degancha kirib keladi. U SAVR falsafasiga to‘liq mos keladi: filtrlarsiz, mahalliy va chinakam ijod qilayotgan mustaqil kreyatorlarni qo’llab-quvvatlash. Klip vizual jihatdan epik bo‘lishiga qaramay, u kam xarajatli (low-byudjet) yondashuv va texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali yaratilgan. Sahnalarning 80 foizi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, barcha obunalar va generatsiyalar uchun sarflangan mablag‘ taxminan 2000 dollarni tashkil etdi. Jonli kirish sahnasi esa deyarli hech qanday budjetsiz — rejissyor hovlisida yashil fonda suratga olingan.
Результаты
Klip yaqinda — atigi 2 kun oldin chiqqan bo‘lishiga qaramay, u allaqachon katta e’tibor va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda — ayniqsa, o‘zbekzabon yoshlar orasida. Klip ijodkorlik, shaxsiyat va sun’iy intellektning san’atdagi o‘rni haqida muhokamalarga turtki bermoqda. 2 kun ichida: • Instagram’da 200 000 dan ortiq ko‘rish • YouTube’da 100 000 dan ortiq ko‘rish • 0$ mediya budjeti • Minglab izohlar, faol muhokamalar bilan