Anton Grishchenko
Spiker haqida:
Radar agentligining strategiya direktori, Rossiyadagi brending va marketing kommunikatsiyalari sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri. U Barselona universitetining Psixologiya fakultetida “Xulq-atvor va kognitsiya tadqiqotlari” bo‘yicha magistr darajasiga, shuningdek, Chelyabinsk davlat universitetida psixologiya sohasida ma’lumоtga ega.
2006-yildan buyon brending va reklama sohasida ishlaydi va dars beradi, 2017-yildan esa mamlakatning eng kuchli agentliklaridan birida faoliyat yuritmoqda. U FMCG, ko‘chmas mulk, sanoat, chakana savdo, HoReCa, ta’lim va davlat xizmatlari sohalarida yuzlab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Uning mijozlari qatorida YIT, PIK, Fazer, Agama, VkusVill, Subway, AliExpress, Carprice, Stada, Ostin, Metalloinvest va boshqa yirik kompaniyalar mavjud.
Antonning ekspertizasi brending va brend platformalari, marketing, kommunikatsiya va kreativ strategiyalar, media rejalashtirish, hududiy brending hamda sanoat brendingi va sanoat turizmi sohasidagi loyihalarni qamrab oladi.
U AdIndex, Sostav, “Delovoy Peterburg” va Biz360 kabi nashrlarda maqolalar muallifi. Milliy Reklama Forumi (NRF) va hududiy tadbirlarda spiker sifatida qatnashgan, “Silver Mercury” mukofoti hakamlar hay’ati a’zosi, shuningdek, Strategik tashabbuslar agentligi va Loyihalar rivojlanish markazi ko‘magida o‘tkazilgan strategik sessiyalarda ishtirok etgan.